Bugun, 2 sentyabr kuni Toshkent viloyatida 18 yoshli yigit akasiga tegishli Malibuda 11-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 09:30 larda Quyi Chirchiq tumani “Sergeli” mahallasi ichki yo‘lida sodir bo‘lgan. 2007 yilda tug‘ilgan shaxs (maktab o‘quvchisi emas, haydovchilik guvohnomasi yo‘q) akasiga tegishli Malibu rusumli transport vositasiini boshqarib, joyidan qo‘zg‘alish vaqtida 2008 yilda tug‘ilgan 11-sinf o‘quvchisini urib yuborgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda tan jarohati olmagan. Hozirda autoulov jarima maydoniga joylashtirilib, holat yuzasidan Quyi Chirchiq tumani IIB YXHB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.