AsosiyJamiyat

Nechta oila elektr va gaz uchun kompensatsiya olgan?

Vaziyat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

'Nechta oila elektr va gaz uchun kompensatsiya olgan?'ning rasmi

O‘zbekistonda iyul oyi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya pullari moliyalashtirildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Prezidentning 2 apreldagi qaroriga asosan ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi bo‘yicha 150 kVt va tabiiy gaz bo‘yicha esa 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib berilmoqda.

Qarorga muvofiq bugungi kungacha 1 mln 636 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalardan kompensatsiya olish uchun murojaatlar qabul qilindi.

Ushbu arizalar 2025 yilning iyul oyida elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha skoringdan o‘tkazish natijasida bazaviy me’yordan ortiq iste’mol qilgan 278,1 ming nafar oilaga 5,8 mlrd so‘m kompensatsiya pullari tayinlandi. Bu o‘tgan oyga nisbatan 71,3 ming nafar oilaga ko‘p.

Elektr energiya uchun – 5,2 mlrd so‘m;

Tabiiy gaz uchun esa - 606 mln so‘m miqdorida kompensatsiya pul to‘lovlari tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar