AsosiyJamiyat

Senat kitob o‘qigan mahkumlarga jazo muddatini qisqartirishni tasdiqladi

Har bir o‘qilgan kitob uchun 3 kun, yiliga esa 30 kungacha muddat qisqarishi mumkin.

'Senat kitob o‘qigan mahkumlarga jazo muddatini qisqartirishni tasdiqladi'ning rasmi

Oliy Majlis Senati “Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Jinoyat-ijroiya kodekslariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi. Endilikda, mahkumlar ma’naviy-adabiy kitoblarni o‘qib, belgilangan tartibda imtihon topshirsa, har bir kitob uchun jazo muddati 3 kunga qisqartirilishi mumkin bo‘ladi.

Asosiy shartlar: Kitoblar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdan bo‘lishi kerak. O‘qilgan kitob bo‘yicha imtihon topshirilib, natija tasdiqlanishi zarur. Har bir kitob uchun 3 kun, biroq bir yilda maksimal 30 kungacha muddat qisqartiriladi.

Faqat jazoni muddatidan ilgari shartli ozod etilishi mumkin bo‘lgan mahkumlarga taalluqli (Gloria jazodagilar bundan mustasno). Bu o‘zgarishlar hozirda jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 13,5 mingdan ortiq mahkumga tatbiq etilishi mumkin. Senatorlar mazkur qonunni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

    Boshqa yangiliklar