AsosiyDunyo

Isroil mudofaa kuchlari G‘azoni bosib olish rejasining 2-bosqichiga start berdi

Bu bosqich G'azo aholisi, ayniqsa G'azo shahrida yashovchi millionga yaqin insonning ommaviy ko'chirilishiga olib kelishi mumkin.

'Isroil mudofaa kuchlari G‘azoni bosib olish rejasining 2-bosqichiga start berdi'ning rasmi

Isroil mudofaa kuchlari bosh shtabi boshligʻi Eyal Zamir 3 sentabr kuni Gʻazo sektorini ishgʻol qilishga qaratilgan harbiy operatsiyaning ikkinchi bosqichi boshlanganini eʼlon qildi. Bu haqda Daily Sabah xabar berdi.

Bildirilishicha, bu bosqich Gʻazo aholisi, ayniqsa Gʻazo shahrida yashovchi millionga yaqin insonning ommaeviy koʻchirilishiga olib kelishi mumkin. Avgust oyi boshida Isroil hukumati Gʻazo shahrini bosqichma-bosqich qayta ishgʻol qilish rejasini maʼqullagan edi. Ayni paytda armiyaning asosiy nishoni Gʻazo shahri boʻlib turibdi.

Yahudiy rasmiylariga koʻra, allaqachon 70 mingdan ortiq aholi shimoliy hududlarni tark etgan. Endilikda bu raqam bir millionga yetishi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, Isroil janubda yangi "gumanitar zona" tashkil etishni rejalashtirgan — u markaziy qochqinlar lagerlaridan Al-Mavosiy va uning sharqiy hududlarigacha choʻzilishi mumkin.

BMT va Qizil xoch vakillari bu kabi ommaeviy koʻchirishni xavfsiz va insoniy tarzda amalga oshirish deyarli imkonsiz ekanini taʼkidlamoqda. Isroil tomoni sektorda suv, elektrov va sogʻliqni saqlash infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha baʼzi chora-tadbirlarni eʼlon qilgan.

    Boshqa yangiliklar