Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida er va uning onasi kelinning 5 oylik bolasini zo‘ravonlik bilan molxonada ushlab kelgani fosh bo‘ldi. Ayolning ruhiy holati va nutqidagi muammolardan foydalanilgan.
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, 26 avgust kuni ayol va chaqalog‘i antisanitar sharoitda saqlanayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Mahalla inspektori voqea joyiga yetib borib, molxona eshigini buzib kirgan. Ayol va chaqaloq shifoxonaga yotqizilgan, gumonlanuvchi erkak va uning 3 yaqin qarindoshi esa qamoqqa olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 126 prim 1-moddasi 7-qismi “a, e” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov viloyat IIB tomonidan qat’iy nazoratga olingan.