Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi 4 sentabr kuni Venesuelaga qarshi o‘tkaziladigan JCh–2026 saralash uchrashuvi vatandagi so‘nggi rasmiy o‘yini bo‘lishi mumkinligini aytdi. U ushbu bahsni “juda-juda maxsus” deb atadi.
“Oilam — xotinim, farzandlarim, ota-onam va opa-ukalarim men bilan birga bo‘ladi. Bu so‘nggi saralash o‘yini. Venesueladan keyin nima bo‘lishini bilmayman”, — deydi 38 yoshli futbolchi.
2026 yilgi JChda qatnashishi kutilgan Messi 2030 yilgi saralash boshlanguniga qadar 40 yoshga to‘ladi.
AFA (Argentina futbol assotsiatsiyasi) Venesuelaga qarshi o‘yin uchun chiptalar narxini 100–500 dollar oraliqida belgiladi. Bu esa muxlislar orasida ulkan talab paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmogda.
Messi rasman faoliyatini yakunlaganini e’lon qilmagan bo‘lsa-da, ushbu bayonot uning xalqaro futboli yakunlanayotganidan darak bermogda.
Argentinaliklar uchun kecha, 4 sentabrdagi uchrashuv o‘z qahramonini xonadonda kuzatib qo‘yish imkoniyati bo‘lishi mumkin.