Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 avgustdagi 514-sonli qarori asosida o‘tkaziladi.
Tanlovning navbatdagi bosqichi 2025 yil 1 sentyabrda boshlanib, g‘oliblar 8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida aniqlanadi va munosib taqdirlanadi.
G‘oliblarning davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan farzandlari yoki nabiralariga kontrakt to‘lovi to‘lab beriladi.
Shuningdek, aholi orasida ekologik bilim va madaniyatni targ‘ib qilish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarning ekologik xavfsiz tizimini takomillashtirish, soha fidoyilarini qo‘llab-quvvatlash, chiqindilarning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sirining oldini olish ham maqsad qilingan.