AsosiyDunyo

BMT: Afgʻonistondagi zilzila global gumanitar mablagʻlar qisqarishining ogʻir oqibatlarini koʻrsatdi

Afgʻonistondagi zilziladan soʻng BMTning Insonparvarlik ishlari boshqarmasi 10 million dollar ajratib, vaqtincha boshpana, oziq-ovqat va tibbiy xizmat koʻrsatishni boshladi.

'BMT: Afgʻonistondagi zilzila global gumanitar mablagʻlar qisqarishining ogʻir oqibatlarini koʻrsatdi'ning rasmi

BMT Bosh kotibining favqulodda yordam bo‘yicha o‘rinbosari Tom Fletcher Afg‘onistonda yuz bergan halokatli zilziladan keyin shakllangan insonparvar inqirozi jahon miqyosida gumanitar ishlarga ajratilayotgan mablag‘lar kamayishining qanchalik og‘ir oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, butun dunyoda mablag‘larning qisqarishi millionlab odamlarga tibbiy va oziq-ovqat yordamini yetkazib berishning to‘xtashiga hamda ko‘plab gumanitar tashkilotlar faoliyatini qisqartirishiga sabab bo‘lmogda.

Afg‘onistondagi zilziladan so‘ng BMTning Insonparvar ishlari boshqarmasi 10 million dollar ajratib, vaqtincha boshpana, oziq-ovqat va tibbiy xizmat ko‘rsatishni boshladi. Ammo Fletcherning aytishicha, bu yetarli emas — agar qo‘shimcha mablag‘lar safarbar qilinmasa, qish mavsumida yanada ko‘proq insoniy qurbonlar bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, Afg‘onistonda 31 avgust kuni yuz bergan 6 magnitudali zilzila oqibatida 2200 dan ortiq odam halok bo‘lgani, kamida 3600 kishi jarohatlangan xabar qilingandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Trump tez orada Putin bilan gaplashmoqchi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:27

    Trump tez orada Putin bilan gaplashmoqchi

    AQSh rahbari Ukraina mojarosini hal qilishga urinayotganini aytdi.

    'Ukraina Timatini rasman qidiruvga berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:28

    Ukraina Timatini rasman qidiruvga berdi

    Россиялик машҳур реперга Украина ҳудудий яхлитлигига тажовуз қилишда айблов қўйилди.

    'AQShda iPhone 14 avtomobil halokatidan keyin egasining hayotini saqlab qoldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:37

    AQShda iPhone 14 avtomobil halokatidan keyin egasining hayotini saqlab qoldi

    Amerikalik ayol rulda uxlab qolib, ustun va daraxtga urilganida uning iPhone 14 telefoni avtomatik tarzda 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan.

    'Buyuk Britaniyada yirik namoyish yuz berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:45

    Buyuk Britaniyada yirik namoyish yuz berdi

    Фаластин тарафдори сифатида чиқиш қилган 890 киши қўлга олинди.

    'Германиядаги машҳур "ботқоқ мумиёлари" Данияга кўчирилди'ning rasmi

    Dunyo 07.09.2025 19:41

    Германиядаги машҳур "ботқоқ мумиёлари" Данияга кўчирилди

    Shlezvig-Golshteynda joylashgan Gottorp qal'asi arxeologiya muzeyi uch yilga yopilayotgani sababli uning eng qimmatli eksponatlari – botqoq mumiyolari Daniyaga joʻnatildi.

    'O‘zbekiston pasportining xalqaro reytingdagi o‘rni oshmoqda'ning rasmi

    Dunyo 07.09.2025 18:40

    O‘zbekiston pasportining xalqaro reytingdagi o‘rni oshmoqda

    O‘zbekiston pasporti global reytingda 72-o‘rinni egallab, 62 mamlakatga vizasiz sayohat imkonini taqdim etmoqda.