AsosiyDunyo

Turkiyada yana namoyish boshlandi

Muxolifatdagiy partiya ichki mojarosi katta norozilik to'lqinini keltirib chiqardi.

'Turkiyada yana namoyish boshlandi'ning rasmi

Bugun, 8 sentabr kuni Istanbulda muxolifatdagi “Jumhuriyat Xalq” partiyasi (CHP) ofisi oldida minglab odamlar ishtirokida namoyish boshlandi. Bu haqda “Hurriyet” nashri xabar berdi.

Norozilik partiyaning Istanbul bo‘limi sobiq rahbari O‘zgur Chelik lavozimidan chetlatilgach boshlandan. Aholi bu qarorni adolatsiz deb baholab, ko‘chalarga chiqdi. Tarqalgan videolarda namoyishchilarning politsiya bilan to‘qnashgani, ba’zilar esa qozon-tovoqlarni urib norozilik bildirayotgani aks etgan.

2023 yildagi partiya s’yezdida qonunbuzarliklar bo‘lgani haqida sudga murojaat qilingach, 2 sentabr kuni sud s’yezd natijalarini haqiqiy emas deb topgan va bo‘lim rahbariyatini lavozimdan chetlatgan. Uning o‘rniga vaqtincha lavozimga rahbar etib Gursel Tekin tayinlandi.

Istanbul gubernatori uch kunlik namoyish, yig‘ilish va varaqalar tarqatishga taqiq joriy etdi. Bunga qaramay, odamlar partiya binosi oldida to‘planishda davom etmoqda.

Partiya yetakchisi O‘zgur O‘zel sud qarorini bekor qilishga chaqirib, “Bu mening so‘nggi ogohlantirishim”, degan. Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya esa partiya a’zolarini qonunni mensimaslikda aybladi.

Hozirgacha 14 nafar shaxs “jinoyatlarga undash” va “nafrat qo‘zg‘atish”da gumonlanib qo‘lga olingan. Bu hodisa joriy yildagi ikkinchi yirik norozilik bo‘lib, may oyida sobiq mer Ekrem Imamog‘lining hibsga olinishi ortidan ham mamlakat bo‘ylab katta namoyishlar bo‘lib o‘tgandi.

    Boshqa yangiliklar