Bugun, 8 sentyabr kuni FIFA prezidenti Janni Infantino rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida mehmonni Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.
Infantino bugun bo‘lib o‘tadigan “FIFA Nations Cup 2025” final uchrashuvini stadiondan turib tomosha qilishi kutilmoqda. Finalda O‘zbekiston va Eron terma jamoalari maydonga tushadi.
Mazkur tashrif doirasida FIFA rahbari bilan O‘zbekiston futbolining rivoji bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.