Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatda raqamli iqtisodiyotni jadallashtirish maqsadida Sun'iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligini tashkil etish rejasi haqida ma'lum qildi.
Davlat rahbari bu tashabbus orqali boshqaruv tizimini zamonaviyalashtirish va sun'iy intellekt texnologiyalarini iqtisodiyotning barcha sohalariga keng joriy etishni maqsad qilgan.
Yangi vazirlik mavjud profil vazirlik bazasida tuziladi va uni bosh vazir o‘rinbosari maqomidagi mutaxassis boshqaradi.
Shu bilan birga, “Raqamli kodeks”ni tezroq qabul qilish ham asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.