Yevropa boshpana agentligi maʼlumotiga koʻra, 2025 yilning yanvar–iyun oylarida 399 ming ariza topshirilgan.
Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 23 foizga kam. Murojaatlarning eng koʻpi Fransiyada (78 ming), Ispaniyada (77 ming), Germaniyada (70 ming) va Italiyada (64 ming) qayd etildi.
Eng katta pasayish Germaniyada boʻldi – arizalar soni 43 foizga kamaygan. Asosiy murojaatchilar esa ilk bor suriyaliklardan emas, balki venesuelaliklardan iborat boʻldi (49 mingta ariza).
Shunga qaramay, ijobiy qarorlar soni ham tarixiy minimumga tushib ketdi – atigi toʻrt arizadan biri (25 foiz) maʼqullangan.