Berlin diplomatik anjumanida so‘zlagan Mers Rossiyani Yevropadagi “qoidalar asosidagi tartib”ni buzishda aybladi. Unga ko‘ra, Germaniya oldida yangi xavfsizlik arxitekturasini qurish kabi “tarixiy vazifa” turibdi.
Kantsler, shuningdek, AQSh va Xitoy bilan munosabatlar yaqin yillarda o‘zgarishini aytdi. U Yevropa savdo tizimini qayta ko‘rib chiqishga, xomashyo va ta’minot zanjirlarini diversifikatsiya qilishga chaqirdi.
Shu bilan birga, Pekin bilan iqlim va global inqirozlar bo‘yicha hamkorlik zarurligini, ammo tizimli raqobat keskinlashayotganini qayd etdi.