AsosiyDunyo

Trump va Epstein doʻstligiga yanggi dalil topildi

Mashhur moliyaviy yozuvchiga atalgan kitobdan Trump imzolagan shubhali xat chiqdi

'Trump va Epstein doʻstligiga yanggi dalil topildi'ning rasmi

Jeffrey Epsteynga tegishli bo'lgan shaxsiy kitobdan Donald Trump tomonidan yozilgan, shubhali va nuqsonli mazmunga ega tabriknoma topildi. Maqtubda Trump Epsteynni tug'ilgan kuni bilan tabriklab, ular "juda ko'p umumiy jihatlarga" ega ekanini yozgan. Eng qiziqarlisi, maqtub atrofiga ayol tanasi shaklida rasm chizilgan bo'lib, Trump imzosi tananing intim qismiga joylashtirilgan.

The Wall Street Journal nashriyotining yozishicha, bu maqtub 2003 yilda, Epsteynning 50 yoshi munosabati bilan tayyorlangan tabriklar albomi tarkibida bo'lgan. Albom yaqin do'stlarining tabriklarini o'z ichiga olgan.

Trumpning matbuot kotibasi Karolayn Levitt ushbu holat yuzasidan OAVni tanqid qilib, WSJ muxbirlarini unga hamrohlik qilishdan man etdi. Prezidentning o'zi esa nashrni sudga berishini aytgan.

Ayni paytda, Epsteynning meros qoldirgan huquqshunoslari ushbu albomni AQSh Kongressiga topshirgan.

    Boshqa yangiliklar