AsosiySport

Maktabgacha ta’lim sohasida yangilik: tadbirkorlarga 7 yilgacha imtiyozli kreditlar va “nol” qiyamatida yer uchastkalari beriladi

Maktabgacha ta'lim qamrovi 80 foizdan past bo'lgan tuman (shahar)larda (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlik sub'ektlariga qator yengilliklar beriladi.

'Maktabgacha ta’lim sohasida yangilik: tadbirkorlarga 7 yilgacha imtiyozli kreditlar va “nol” qiyamatida yer uchastkalari beriladi'ning rasmi

Xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining bo‘sh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilishga ruxsat beriladi. 

Tadbirkorlarga 7 yilgacha bo‘lgan imtiyozli kredit mablag‘lari ajratiladi hamda faoliyatini o‘zgartirmaslik sharti bilan yer uchastalari tekinga beriladi.

Xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlagan holda ularga imtiyozli kreditlar ajratiladi. Xususan, «nol» qiymatida yer berish ko‘zda tutilmoqda. 

38 ta «qizil» hududga 1 foiz ijtimoiy va daromad solig‘i, 41 ta «sariq» hududga 5 foiz ijtimoiy va daromad solig‘i belgilanadi. 

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti litsenziya olinganidan keyin uch yil davomida qamrov darajasi 70-80 foiz oralig‘ida bo‘lgan tuman (shahar)lardagi tadbirkorlik subyektlariga ijtimoiy soliq stavkasi 5 foiz, 70 foizdan past bo‘lgan tuman (shahar)lardagi tadbirkorlik subyektlariga 1 foiz etib belgilanadi. 

Ushbu islohotlar maktabgacha ta’lim qamrovini sezilarli darajada oshirishga, xususiy sektorning faolligini kuchaytirishga va pedagoglar malakasini yuksalttirishga olib keladi.

    Boshqa yangiliklar