AsosiyDunyo

Nepaldagi ommaviy norozilikdan so‘ng prezident ishdan ketdi

26 ta ijtimoiy tarmoqning bloklanishi ortidan keng ko‘lamli namoyishlar qurolli to‘qnashuvlarga aylandi, 22 kishi halok bo‘ldi.

'Nepaldagi ommaviy norozilikdan so‘ng prezident ishdan ketdi'ning rasmi

Nepalda ommaniy noroziliklaridan so‘ng prezident isteʼfoga chiqdi. Nepal hukumatining Instagram, Facebook, YouTube va X kabi 26 ta ijtimoiy tarmoqni bloklash qarori mamlakatda ommaniy noroziliklarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

8 sentyabrdan boshlangan namoyishlar qisqa vaqt ichida qurolli to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Parlament binosi yoqib yuborildi, prezident saroyi qurshov olindi. Natijada bosh vazir isteʼfoga chiqdi, davlat rahbari esa shahardan evakuatsiya qilindi.

India Today manbasiga ko‘ra, to‘qnashuvlar davomida 22 kishi halok bo‘lgan, bir necha yuz nafar fuqaro yaralangan.

O‘zbekistonning Nepaldagi elchixonasi vatandoshlarimizga ommaniy to‘planish joylaridan uzoq yurish, namoyishlarda qatnashmaslik va mahalliy qoidalarga qatʼiy rioya qilishni tavsiya qilmoqda. Favqulodda holatlarda O‘zbekistonning Nyu-Delidagi elchixonasiga +91 94994 85962 raqami orqali (Telegram va WhatsApp) murojaat qilish mumkin.

    Boshqa yangiliklar