AsosiyDunyo

AQShda 13 yoshli o'quvchi 23 ta qurol bilan hibsga olindi

U otishma uyushtirmoqchi bo‘lganlikda gumonlangan.

'AQShda 13 yoshli o'quvchi 23 ta qurol bilan hibsga olindi'ning rasmi

AQShning Vashington shtati politsiyasi maktabda otishma uyushtirmoqchi bo‘lganlikda gumon qilib, 13 yoshli o‘smirni qo‘lga oldi. Uning uyidan 23 dona o‘qotar qurol va katta miqdorda o‘q-dorilar topildi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Bildirilishicha, bola maktab otishmalariga juda qiziqqan va ijtimoiy tarmoqlarda tahdidli postlar joylashtirgan. Hozirda o‘smirga 5 ta modda bo‘yicha ayblov qo‘yilgan, shulardan 4 tasi og‘ir jinoyat sifatida belgilangan. Bola ayblarni inkor etmoqda. Xavfsizlik maqsadlarida uning ismi oshkor qilinmagan.

“Xonadagi barcha dalillar uning otishma sodir etishga tayyorligini ko‘rsatdi. Qachon yoki kimga qarshi hujum bo‘lishi noma’lum, bu faqat vaqt masalasi”, — deydi Kappetto.

Politsiya o‘quvchining uyidan otishmachilar va o‘q-dorilarga aloqador jurnallarini ham topgan. Bolaning ota-onasi esa uning hech kimga zarar yetkazish niyatida emasligini da’vo qilmoqda. Xususan, o‘smirning onasi sud majlisida qatnashgan va jurnalistlarga bergan intervyusida o‘g‘lining internetdagi postlari “shunchaki do‘stlar oldida zo‘r ko‘rinish” uchun qo‘ylganini aytgan.

O‘smir 2021 yilda Franklin Pirs maktabida o‘qir edi, hozirda esa hech qaerda o‘qimayapti. Ish yuzasidan tergov ishi davom etmoqda. Politsiya jamoatchilikni ogoh bo‘lishga chaqirmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30