AsosiyDunyo

Respublikachi Charli Kirk otib ketildi

Ushbu mudhish voqea ortidan u jiddiy yaralangan. Hodisa Yuta vodiysi universitetida bo‘lib o‘tgan tadbir chog‘ida sodir bo‘lgan.

'Respublikachi Charli Kirk otib ketildi'ning rasmi

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, nutqning 20-daqiqasida zal ichida otishma ovozi eshitilgan. Kirkning bo‘yniga o‘q tekkan va u darhol shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Kirkning sog‘lig‘i haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uchun Kirk mashhur respublikachi, Trump tarafdori, u universitetlarga kelishi va AQSH Demokratik partiyasi tarafdorlari bilan tortishishi bilan tanilgan.

Shuningdek, u g‘irt isroilparast siyosatchi bo‘lgan.

    Boshqa yangiliklar