AsosiyDunyo

Timsohlarni qoʻlga olgan bloggerning “boshi balo”ga qoldi

Avstraliyada mashhur blogger timsohlarni qo'lga olgan videolari sabab tergov qilinmoqda.

'Timsohlarni qoʻlga olgan bloggerning “boshi balo”ga qoldi'ning rasmi

Holston Instagram'da sayoz suvda timsohni ushlash hamda shўrxok timsoh bolasini bo‘ynidan ko‘tarib ko‘rsatgan lavhalarni joyladi. U hayvonlarni keyinchalik tabiatga qo‘yib yuborganini ta'kidladi.

So‘ng “Queensland” ekologiya departamenti hodisa yuzasidan tekshiruv boshlagan.

Avstraliya qonunchiligiga ko‘ra, timsohlarga noqonuniy aralashganlarga 8 ming dollardan ortiq jarima qo‘llanadi. Mutaxassislar blogerning xatti-harakatiini xavfli deb baholagan. 

Holston esa o‘zini oqlashga urinar ekan, videolari ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    Boshqa yangiliklar