AsosiyDunyo

Dunyoing eng boy odami birinchiligini Larri Ellison egalladi

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask 385 mlrd dollar bilan ikkinchi o‘ringa tushdi.

'Dunyoing eng boy odami birinchiligini Larri Ellison egalladi'ning rasmi

Oracle korporatsiyasi asoschisi Larri Ellison ilk bor Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Maskni ortda qoldirib, dunyoning eng boy odamlari reytingida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ellisonning boyligi 393 milliard dollarga baholangan bo‘lib, u Maskning 385 milliard dollarlik kapitalidan oshib ketdi. Eng e’tiborli jihati shundaki, Ellison bir kun ichida 101 milliard dollarlik rekord daromad ko‘rsatkichini qayd etdi. Bu Bloomberg reytinglari tarixidagi eng yirik bir kunlik o‘sish sifatida qayd etilgan.

So‘nggi bir yil davomida eng yuqori pog‘onani Ilon Mask egallab kelgan edi. U ilgari Amazon asoschisi Jeff Bezos va LVMH rahbari Bernard Arno bilan yetakchilikni baham ko‘rgan. Hozirgi reytingda Bezos to‘rtinchi, Arno esa sakkizinchi o‘rinda joylashgan.

Ellisonning kapitali Oracle kompaniyasining bulutli texnologiyalar bo‘yicha ijobiy prognozidan keyin keskin oshdi. Kompaniya aksiyalari chorshanba kuni 41 foizga ko‘tarilib, yil boshidan beri 45 foizga o‘sdi. Tesla aksiyalari esa 13 foizga tushib ketdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Polsha qaysi davlatlar bilan chegaradosh hududlarda parvozlarni chekladi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:25

    Polsha qaysi davlatlar bilan chegaradosh hududlarda parvozlarni chekladi?

    Cheklovlar xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 2025 yil 10 sentabrdan 9 dekabrgacha amal qiladi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:14

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:21

    'To‘qayev: “Parlament islohoti siyosiy tizim asoslarini mustahkamlashga qaratilgan”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:03

    To‘qayev: “Parlament islohoti siyosiy tizim asoslarini mustahkamlashga qaratilgan”

    Qozogʻiston prezidenti Senatni tugatish va parlamentni bir palatali qilish taklifiga ilk bor izoh berdi.

    'Afgʻonistonda vazir va hokim boʻlgan vertolyot qulab tushdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:27

    Afgʻonistonda vazir va hokim boʻlgan vertolyot qulab tushdi

    Hokim matbuot kotibi buni texnik nosozlik bilan izohlasa, Mudofaa vazirligi esa vertolyot tog‘ bilan to‘qnashganini bildirgan.

    'Isroilning Yamanga havo hujumi oqibatida 35 kishi halok boʻldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:40

    Isroilning Yamanga havo hujumi oqibatida 35 kishi halok boʻldi

    Husiylar bu hujumlarga javoban Isroilga raketa otganini bildirdi.