AsosiyDunyo

Turkiya suriyalik harbiylarni o'qitishni boshladi

Qisqa muddatda 5 ming, uzoqroq muddatda esa kamida 20 ming suriyalik harbiy va politsiya kuchlarini o'qitish rejalashtirilgan.

'Turkiya suriyalik harbiylarni o'qitishni boshladi'ning rasmi

Turkiya avgust oyida imzolagan ikki tomonlama kelishuv asosida suriyalik harbiylarni o‘qitishni boshlandi. Bu haqda Turkish Minute nashri xabar berdi.

Bildirilishicha, hozirda taxminan 300 nafar suriyalik (asosan harbiylar va politsiya xodimlari) Turkiyaning markaziy va sharqiy hududlaridagi ikki harbiy bazada tayyorgarlikdan o‘tmoqda. Qisqa muddatda 5 ming, uzoqroq muddatda esa kamida 20 ming suriyalik harbiy va politsiya kuchlarini o‘qitish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, Turkiya armiyasi Suriyaning shimoliy Halab viloyatidan, xususan, chegaradagi Azoz va Jarablus shaharlaridan chiqib ketmoqda. Ularning o‘rniga suriyalik xavfsizlik kuchlari joylashtirilmoqda.

Turkiya Mudofaa vazirligi kelishuv doirasida harbiylar terrorizmga qarshi kurashish, kiberxavfsizlik, minalardan tozalash, harbiy muhandislik, logistika kabi ustuvor yo‘nalishlarda o‘qitilishini ma’lum qilgan. Bu esa Suriya harbiy kuchlarini ichki va tashqi tahdidlarga qarshi javob bera oladigan zamonaviy armiyaga aylantirishga yordam beradi.

Shu kunlarda Suriyaning Homs va Latokiya hududlaridagi harbiy ob’yektlarga Isroil tomonidan havo hujumlari uyushtirilgani xabar qilinmoqda. Yahudiy manbasi zarbalar Turkiya ishlab chiqargan raketalar va havo mudofaa tizimlari saqlanayotgan omborlarga qaratilganini ochiqlagan. Isroil Suriya janubini demilitarizatsiya qilishni talab qilib, xavfli tuyilgan har qanday ob’yektga zarba berishga tayyor ekanini bildirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Polsha qaysi davlatlar bilan chegaradosh hududlarda parvozlarni chekladi?'ning rasmi

    Dunyo 11.09.2025 17:25

    Polsha qaysi davlatlar bilan chegaradosh hududlarda parvozlarni chekladi?

    Cheklovlar xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 2025 yil 10 sentabrdan 9 dekabrgacha amal qiladi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 11.09.2025 17:14

    ''ning rasmi

    Dunyo 11.09.2025 16:21

    'To‘qayev: “Parlament islohoti siyosiy tizim asoslarini mustahkamlashga qaratilgan”'ning rasmi

    Dunyo 11.09.2025 16:03

    To‘qayev: “Parlament islohoti siyosiy tizim asoslarini mustahkamlashga qaratilgan”

    Qozogʻiston prezidenti Senatni tugatish va parlamentni bir palatali qilish taklifiga ilk bor izoh berdi.

    'Afgʻonistonda vazir va hokim boʻlgan vertolyot qulab tushdi'ning rasmi

    Dunyo 11.09.2025 15:27

    Afgʻonistonda vazir va hokim boʻlgan vertolyot qulab tushdi

    Hokim matbuot kotibi buni texnik nosozlik bilan izohlasa, Mudofaa vazirligi esa vertolyot tog‘ bilan to‘qnashganini bildirgan.

    'Dunyoing eng boy odami birinchiligini Larri Ellison egalladi'ning rasmi

    Dunyo 11.09.2025 13:39

    Dunyoing eng boy odami birinchiligini Larri Ellison egalladi

    Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask 385 mlrd dollar bilan ikkinchi o‘ringa tushdi.