Mamlakatning gʻarbiy Kaylali provinsiyasi poytaxti Dxangadxida qamoqdan qochgan 692 nafar mahbusdan biri ertasi kuni oʻz ixtiyori bilan taslim boʻlgan. U hokimiyatga navbatdagi hukumat kelgach, qoʻlga olinsa, jazosi ikki barobar oshishidan qoʻrqqanini bildirgan. Xodimlar dastlab mahbusni eshitishmagan, ammo soʻngra uni ichkariga olishga rozilik bildirilgan. Ushbu qamogʻxonada namoyishlar boshlanishidan oldin 697 nafar mahbus boʻlgan.
Mamlakatda namoyishlar boshlanganidan beri kamida 8 nafar mahbus xavfsizlik xodimlari bilan boʻlgan toʻqnashuvlarda halok boʻlgan.
Maʼlumot oʻrnida, mamlakatda soʻnggi kunlarda aholining yosh qatlami ishtirokida hukumatga qarshi norozilik namoyishlari uyushtirilmoqda. Ular hukumatning bir necha ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlishiga hamda korrupsiyaga qarshi norozilik bildirmoqda. Shu sabab bosh vazir KP Sharma Oli 9 sentabr kuni isteʼfoga berishga majbur boʻlgan.
Nepal armiyasi 11 sentabr kuni taxminan 200 nafar mahbusni yana qoʻlga olgan, biroq minglab qochqinlar hali ham ozodlikda yuribdi. Politsiya mamlakatda tinchlik oʻrnatishda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda.