AsosiySport

ўзбекистонлик 5 нафар боксчи финалга чиқди

Yana olti nafar bokschimiz yarim final janglarida ringga chiqishi kutilmoqda.

'ўзбекистонлик 5 нафар боксчи финалга чиқди'ning rasmi

Buyuk Britaniyaning Liverpul shahrida World Boxing tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati qizg‘in davom etmoqda. 12 sentabr kuni yarim final bahslarida ishtirok etgan barcha o‘zbekistonlik bokschilar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning 1/2 final bosqichida -65 kg vazn toifasida Navbahor Hamidova Xitoy Taypeyi vakili Chen N’yen-Chinni 3:2 hisobiga mag‘lub etdi. 60 kg vazn toifasida Abdumalik Xalokov yaponiyalik Shunsuke Kitamonini 5:0 hisobiga yengdi.

Shuningdek, 75 kg vazn toifasida Fazliddin Erkinboev ozarbayjonlik Saidjamshid Jafarov ustidan 4:1 hisobiga g‘alaba qozondi. 90 kg vaznda To‘rabek Habibullayev ispaniyalik Enmanuil Ryes Planini 4:1 hisobiga ortda qoldirdi. +90 kg vazn toifasida esa Jahongir Zokirov xitoylik Danabiyeke Bayikevuzeni 5:0 hisobiga mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.

O‘zbekiston delegatsiyasi besh nafar finalchiga ega bo‘ldi. Qolaversa, yana olti nafar bokschimiz yarim final janglarida ringga chiqishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar