Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Angliyada o‘tayotgan jahon chempionatida dastlabki oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
-75 kg vazn toifasida bahs olib borgan Fazliddin Erkinboyev finalda bolgariyalik Kivan Rami ustidan g‘alaba qozonib, terma jamoamizga musobaqadagi dastlabki chempionlikni taqdim etdi.
Final:
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Kivan Rami (Bolgariya) 5:0
Shuningdek, kun davomida ringga ko‘tarilgan yana uch nafar bokschimiz final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Yarim finallar:
-48 kg: Sabina Boboqulova — Nazim Qizaybay (Qozog‘iston) 1:4
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Lasha Guruli (Gruziya) raqib ringga chiqmadi
-80 kg: Javohir Ummataliyev — Gabriel Veochich (Xorvatiya) 5:0
-51 kg: Feruza Qozog‘ova — Buse Naz Chakirog‘lu (Turkiya) 1:4
-70 kg: Aziza Zokirova — Lekeysha Pergoliti (Avstraliya) 0:5
-85 kg: Akmaljon Isroilov — Mixail Fares (Avstriya) 5:0