AsosiyJamiyat

Қашқадарёда тўланмаган кредит эвазига "заправка" олинадиган бўлди

Qarzdonning bankdan qariyb 850 million so‘m qarzdonligi bo‘lgan.

'Қашқадарёда тўланмаган кредит эвазига "заправка" олинадиган бўлди'ning rasmi

Chiroqchi tuman iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, xususiy korxonaning “Biznesni rivojlantirish banki”dan 839 million so‘m qarzdorligini undirish, undiruvni ipoteka shartnomasiga asosan qo‘shimcha javobgarga tegishli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga qaratish belgilangan.

Ijro hujjati iyul oyida Byuroning viloyat boshqarmasi ish yuritishiga kelib tushgan. Berilgan muddat davomida qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli, qarzdorning bank hisob varaqalariga band qo‘yildi.

2025 yil 12 sentabr kuni olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida shoxobcha hatlandi. Kelgusida qarzdorlik qoplanmasa, shoxobcha onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.

    Boshqa yangiliklar