So‘nggi yillarda Germaniyadan ko‘chib ketayotgan fuqarolar soni ortmoqda. Federal statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ular orasida eng ko‘p tanlanayotgan uchta davlat — Shveytsariya, Avstriya va Ispaniya.
Shveytsariyada hozirda 323 mingdan ortig Germaniya fuqarosi yashaydi. Avstriyada esa 232 mingdan ziyod germaniyalik istiqomat qiladi — bu ko‘rsatkich bir yil ichida rekord darajada, 41 foizga oshgan. Ispaniyada esa 128 mingga yaqin nemis emigrantlari bor.
Mutaxassislar Shveytsariya va Avstriyaning yaqinligi hamda til to‘sig‘ining yo‘qligini asosiy sabab sifatida ko‘rsatmoqda.
Ispaniya esa iqlimi va yashash xarajatlari bilan nemislarni jalb qilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatchiqib ketayotganlarning ayrimlari iqtisodiy inqiroz, migrantlar muammosi, siyosiy keskinlik va Rossiya xavfi bilan bog‘liq xavotirlarni asos qilib ko‘rsatmoqda.