2024 yilda Yaponiyada odamlar bir kunda o‘rtacha 1 soat 47 daqiqa vaqtini telefonga sarflagan va bu dunyoda eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda “Exploding topics” e’lon qilgan hisobotda keltirilgan.
Ma’lum qilinishicha, dunyoda o‘rtacha odam har kuni telefonida 4 soat 37 daqiqa vaqt o‘tkazadi. Shuningdek, har bir kishi kuniga o‘rta hisobda 58 marta telefonini tekshiradi. Ganaliklar har kuni telefonida eng ko‘p vaqt (5 soat 43 daqiqa) sarflaydigan xalq bo‘lsa, yaponiyaliklar smartfonlardan foydalanishda global o‘rtacha vaqtning yarmidan ham kamroq (1soat 47 daqiqa) vaqt sarflaydi. Z-avlod vakillari sanaladigan 4 kishidan 3 nafari telefonida ortiqcha vaqt o‘tkazishini tan oladi.
Yuqorida qayd etilganidek, o‘rtacha odam har kuni telefonida 4 soat 37 daqiqa vaqt sarflaydi. Bu haftasiga 1 kundan ortiq, oyiga esa qariyb 6 kuni tashkil etadi. Bir yil davomida esa taxminan 70 kun telefon ekraniga qarab o‘tkaziladi degani.