AsosiyJamiyat

Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarga hujum qilingani aytilmoqda

Hodisa oqibatda bir necha kishi jarohat olgan.

'Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarga hujum qilingani aytilmoqda'ning rasmi

13 sentyabr kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida mahalliy yoshlar o‘zbekistonlik migrantlarni kaltaklagani haqida xabar qilindi.

Bildirilishicha, hodisa Xabarovskaya ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Avvaliga yoshlar migrantlar bo‘lgan mashinalarga tosh otgan, keyin haydovchilar suhbatlashish uchun tushganida ularga guruh bo‘lib hujum qilishgan.

Oqibatda bir necha kishi jarohat olgan. Biroq holat yuzasidan rasmiy munosabat berilmadi.

    Boshqa yangiliklar