BMTning mustaqil xalqaro komissiyasi Isroilni Gʻazo sektorida genotsidning toʻrt aktini sodir etganlikda aybladi.
Bayonotga koʻra, komissiya Isroil hukumat organlari va xavfsizlik kuchlari falastinliklarni yoʻq qilishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirgani haqida xulosaga kelgan.
Hisobotda “qotillik, jiddiy jismoniy yoki ruhiy zarar yetkazish, yashash uchun yaroqsiz sharoitlar yaratish va tugʻilishning oldini olish” kabi harakatlar genotsid sifatida baholanmoqda.
Isroil bu ayblovlarni qatʼiy rad etgan va BMT Inson huquqlari kengashini mamlakaga nisbatan bir tomonlama yondashuvda ayblagan.
Rasmiy Tel-Avivga koʻra, harakatlar Gʻazodagi tinch fuqarolarga emas, balki terroristik HAMAS guruhiga qarshi qaratilgan.