AsosiySPORT

AQSH muddatidan avval keyingi bosqichga chiqdi

JCh 2026 yilgi 2-turida AQSh terma jamoasi Avstraliyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

'AQSH muddatidan avval keyingi bosqichga chiqdi'ning rasmi

2026 yilgi Jahon chempionati “D” guruhi 2-turida AQSh terma jamoasi Avstraliyani 2:0 hisobida magʻlub etdi.

Sietl shahridagi bahsda hisob 11-daqiqada Kameron Berjessning avtogolidan soʻng ochildi. 44-daqiqada Aleks Frimen mezbonlarning ikkinchi golini kiritib, uchrashuv taqdirini hal qildi.

Ushbu gʻalaba orqali AQSh 6 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi va muddatidan avval pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Avstraliya esa 3 ochko bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda.

3-tur uchrashuvlari 26 iyun kuni boʻlib oʻtadi. Unda AQSh Turkiyaga qarshi, Avstraliya esa Paragvayga qarshi maydonga tushadi.

    Boshqa yangiliklar