Kecha, 16 sentabr kuni Yaponiyaning "Qayta tug‘ilishga yo‘l" siyosiy partiyasining asoschisi so‘nggi saylovda muvaffaqiyatsiz natija qayd etganidan so‘ng iste’foga chiqdi va uning o‘rniga yetakchi sifatida sun’iy telecom tayinlanadi. Bu haqda "The Japan Times" xabar berdi.
Bildirilishicha, joriy yilning yanvar oyida Yaponiyag‘arbidagi kichik shaharning sobiq meri tomonidan tashkil etilgan "Qayta tug‘ilishga yo‘l" partiyasi rahbari Shinji Ishimaru so‘nggi saylovda yutqazgan va partiyani tark etgan.
Bu yilgi saylovda g‘olib chiqqan nomzod, 25 yoshli aspirant Mitsutaka Okumura partiyaning yangi rahbari etib tayinlangan va u o‘z vakolatlarini darhol sun’iy intellektga topshirgan. U matbuot anjumanida partiyaning yangi rahbari sun’iy intellekt bo‘lishini e’lon qilib, o‘zi yangi rahbarning yordamchisi sifatida ishlashini aytgan.
Uning tushuntirishicha, sun’iy intellekt kelajakda partiyaning haqiqiy qarorlarini qabul qilish uchun javobgar bo‘ladi.