AsosiyDunyo

Litvada bolalarga dron boshqarishni o‘rgatish boshlandi

Mamlakatda 10 yoshdan boshlab bolalar va kattalar turli xil dronlarni boshqarishni o‘rganadi.

'Litvada bolalarga dron boshqarishni o‘rgatish boshlandi'ning rasmi

Yangi ta’lim dasturiga o‘quvchisiz uchoqlarni yig‘ish va dasturlash mashg‘ulotlari ham kiritilgan.

Mudofaa vaziri o‘rinbosari Tomas Godlyauskas bu tashabbusni mamlakatning mudofaa salohiyatini mustahkamlash bilan izohladi.

“Litva bu masalaga juda jiddiy qaraydi, chunki Rossiya va Belarus bilan chegaradosh”, — deydi u.

Avvalroq, Polshada ham o‘quv dasturiga o‘quvchilarga qurolni yig‘ish va otishni o‘rgatish majburiy dars sifatida kiritilgandi.

    Boshqa yangiliklar