Spiegelning yozishicha, muammo Shlezvig-Golshtayndagi Hayde neftni qayta ishlash zavodida yuzaga kelgan kerosin tanqisligi bilan bogʻliq. Shu sababli yaqin kunlarda reyslar jadvalida oʻzgarishlar, kechikishlar yoki bekor qilinishlar ehtimoli bor.
Aeroport rahbariyati buni diversiya yoki terrorchilik bilan bogʻlash mumkin emasligini taʼkidladi. Yoʻlovchilarga oʻz reyslari haqida aniq maʼlumot olish uchun aviakompaniyalari va turoperatorlariga murojaat qilish tavsiya etilmoqda.