AsosiyJamiyat

Davlat raqami belgisini o‘rniga ismini yozib olgan fuqaroga chora ko‘rildi

Haydovchi davlat raqam belgisi o‘rniga 20 FARRUX belgisini taqib harakatlangan.

'Davlat raqami belgisini o‘rniga ismini yozib olgan fuqaroga chora ko‘rildi'ning rasmi

Sirdaryoda davlat raqam belgisini o‘zgartirgan holda taqib harakatlangan yuk mashinasi haydovchisiga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB YXHB axborot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ZIL-53 rusumli transport vositasi haydovchisi davlat raqam belgisini o‘zgartirgan holda taqib harakatlanganigi aks etgan videolar tarqaldi. Unda ko‘rinishicha, haydovchi yuk mashinasiga davlat raqam belgisi o‘rniga 20 FARRUX belgisini taqib olgan.

Holat Sirdaryo viloyati YXHB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, qoidabuzar haydovchi aniqlandi. Haydovchi bu ish qonunbuzarlik ekanini bilganini aytib, kechirim so‘ragan.

“Qonunbuzarlik ekanini bilardim. Endi o‘sha nomerlar chiqadi deganga qiziqishga qo‘ydik. Uzr so‘rayman. Boshqalarga bunday o‘zboshimchalik bilan ish qilmashliklarini so‘rab qolamiz”, degan haydovchi.

Qoidabuzarlik bo‘yicha yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar