Sirdaryo viloyatida mahalliy tadbirkor ayolga bir necha oy davomida shilqimlik qilgan Yangiyer shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i A.B.ga nisbatan hukm o‘qildi. Bu haqda Nova.uz xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, erkak ayolga tinmay shaxsiy xabarlar jo‘natgan, uning do‘koniga bir necha bor soliq inspektorlarini yuborgan va go‘yoki uning ahvolidan xavotirlanganday "kechki choy uchrashuvlari"ni taklif qilgan. Bularning barchasi ayolning eri yo‘qligida sodir bo‘ldi.
Ayol ta’qiblardan qo‘rqib, bir necha kun uyidan chiqmagan hamda do‘koniga ham bormagan. Hukmga ko‘ra, A.Begmatov ishdan bo‘shatilib, ish esa “mayda bezorilik” sifatida baholangan.
“Bu voqea alohida hodisa emas, balki jamiyat shilqimlik va ta’qiblar xavfiga jiddiy qaralmasligini aks ettirradi. Shahvoniy shilqimlikning aniq belgilariga qaramay, nima uchun ish "mayda bezorilik" moddasi bo‘yicha ko‘zg‘atilgani tushunarsiz. Ushbu huquqiy baho ayollarni himoyasiz qoldiradi va tajovuzkorlarga jazosizlik hissini beradi”, — deyiladi habarda.