AsosiyDunyo

Sankt-Peterburgda 23 yoshli o‘zbekistonlik qurilish maydonida halok bo‘ldi

Aniqlanishicha, halok bo‘lgan ishchi va qurilish kompaniyasi o‘rtasida rasmiy mehnat hujjatlari mavjud bo‘lmagan.

'Sankt-Peterburgda 23 yoshli o‘zbekistonlik qurilish maydonida halok bo‘ldi'ning rasmi

Joriy yilning 16 sentyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 23 yoshli o‘zbekistonlik ishchi qurilish maydonida halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy mintaqalararo mehnat inspektsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.  

Bildirilishicha, Dobrolyubov prospektida Rossiya Oliy sudi va Oliy sud huzuridagi sud departamenti binosini qurish jarayonida 23 yoshli o‘zbekistonlik ishchi qurilish “lesa”da ishlayotganda 15 metr balandlikdan qulab tushib, voqea joyida vafot etgan. Aniqlanishicha, halok bo‘lgan ishchi va qurilish kompaniyasi o‘rtasida rasmiy mehnat hujjatlari mavjud bo‘lmagan.

Shimoli-g‘arbiy mintaqalararo mehnat inspektsiyasi rahbari o‘rinbosari Olga Kazanskayaning so‘zlariga ko‘ra, hodisaning ehtimoliy sabablari ishchining shaxsiy himoya vositalaridan foydalanmagan, jamoada himoya vositalarining yo‘qligi va balandlikda ishlarni qoniqarsiz tashkil etish bo‘lgan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Berlin Trampning "tinchlik rejasi"dan kech xabardor bo‘lganmi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:20

    Berlin Trampning "tinchlik rejasi"dan kech xabardor bo‘lganmi?

    Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinn Trmpning Ukraina bo'yicha rejasini avvaldan bilgan degan da'volarni rad etdi.

    'Vetnamda dahshatli suv toshqinida 90 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 23.11.2025 22:13

    Vetnamda dahshatli suv toshqinida 90 kishi halok bo‘ldi

    12 kishi bedarak yo‘qolgani aytilmoqda.

    'Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi'ning rasmi

    Dunyo 23.11.2025 10:08

    Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi

    Kecha Lozannadagi qadimiy Rimga bag'ishlangan muzeyda o'g'irlik sodir etildi. Oltinlarning qiymati hozircha oshkor qilinmadi. Faqat politsiya tangalar "arxeologik qiyamatga ega"ligini aytdi.

    'Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 21:05

    Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

    Sobiq prezident bunga cha uy qamog‘ida saqlanayotgan edi.

    'Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 17:41

    Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi

    Qurollangan shaxslar maktabga bostirib kirib, 303 nafar bola va 12 nafar maktab xodimini o'g'irlab ketishgan. Bu bir haftaning ichida ikkinchi marta sodir bo'lmogda. Nigeriyada bir haftada ikki marta bolalar ommaviy o'g'irlandi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35