Sankt-Peterburg shahrida sodir boʻlgan fojiada vafot etgan oʻzbekistonlik yigitning shaxsi aniqlandi. Bosh konsullik maʼlumotiga koʻra, u 2001 yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan A.U. boʻlib, joriy yilning aprel oyidan buyon Rossiyada ishlayotgan edi.
Yigit 16 sentyabr kuni Rossiya Oliy sudi binosi qurilishida 15 metr balandlikdan qulab tushib, voqea joyida vafot etgan. Ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda va jinoyiy ish qoʻzgʻatish ehtimoli koʻrib chiqilmogʻda.
Oʻzbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi va Migratsiya agentligi marhumning yaqinlari bilan aloqa oʻrnatgan boʻlib, uning jasadini vatanga qaytarishda amaliy yordam koʻrsatmoqda.
Maʼlumot uchun, bu soʻnggi haftalarda Rossiyada mehnat faoliyati davomida halok boʻlgan oʻzbekistonlik ikkinchi shaxsdir.