AsosiyDunyo

Ramazon Qodirov 17 yoshli o‘g‘liga soliq tizimini nazorat qilishni topshirdi

Checheniston rahbari bu haqda o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

'Ramazon Qodirov 17 yoshli o‘g‘liga soliq tizimini nazorat qilishni topshirdi'ning rasmi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov 17 yoshli o‘g‘li Adam Qodirovga munitsipal tashkilotlarning mol-mulk solig‘ini to‘lashini nazorat qilishni topshirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

Bildirilishicha, Adam Qodirovning qanday usulda nazorat olib borishi va unga nima sababdan bunday mas’uliyat yuklanganiga oid tafsilotlar keltirilmagan. U hozirda Checheniston xavfsizlik kengashi kotibi, xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi boshlig‘i va otasining yordamchisi hisoblanadi.

Bundan tashqari, Qodirovning o‘g‘li G‘azo aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’ul. U Ukrainada jang qilayotgan chechen batalyonlariga, Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti va Checheniston Ichki ishlar vazirligiga kuratorlik qiladi.

Kichik Qodirovni yuqori lavozimlarga tayinlash va mukofotlash Qur’onni yoqib yuborganlikda ayblanayotgan Nikita Juravelni tergov hibsxonasida kaltaklaganidan so‘ng boshlangan. 2024 yil fevralida Juravel dindorlarning his-tuyg‘ularini haqorat qilganlik ishi bo‘yicha, o‘sha yilning noyabrida esa davlatga xoinlik qilish ishi bo‘yicha hukm qilingan.

    Boshqa yangiliklar