AsosiyJamiyat

Машинада қолиб кетиб, вафот этган қизолақ воқеаси бўйича суд ҳукм чиқарди

Avvalroq, Qashqadaryoda bog‘cha mudirasining mashinasida yarim kun qolib ketgan qizaloqning jasadi mashinaning orqa o‘rindiqdan topilgani haqida xabar bergan edik. Sud hukmiga ko‘ra, bog‘cha mudirasi 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

'Машинада қолиб кетиб, вафот этган қизолақ воқеаси бўйича суд ҳукм чиқарди'ning rasmi

Joriy yil 20 iyunida Qashqadaryo viloyati Koson tumani "Ushoqtepa" mahallasida joylashgan xususiy bog‘chada ikki yoshli qizaloq halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, 31 yoshli bog‘cha mudirasi tarbiyalanuvchilarni uylaridan olib kelib, yana olib borib qo‘ygan. Uning haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan.

Fojia sodir bo‘lgan kuni u yetti nafar bolani bog‘chaga olib kelgan, ammo o‘sha kuni bolalar ro‘yxatini tekshiruvchi tarbiyachi ishga chiqmagan. Bolalarning shovqini sababli mudira diqqatini yo‘qotgan va hamma bolalar tushgan-tushmaganini tekshirmagan.

Natijada ikki yoshli qizaloq mashinada qolib ketib, yarim kun davomida yopiq holda havosiz qolgan. Bolaning jasadi mashinaning orqa o‘rindig‘idan topilgan.

Qarshi shahar sudi ayblanuvchini JKning 116-moddasi 3-qismi bo‘yicha aybdor deb topib, unga 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

    Boshqa yangiliklar