AsosiyJamiyat

Samarqandda avtomashinada qoidabuzarlik sodir etgan 10 kishiga sud hukm o'qidi

6 nafari qamaldi. Mashinada drift qilgan 1 nafar haydovchi 1 yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi.

'Samarqandda avtomashinada qoidabuzarlik sodir etgan 10 kishiga sud hukm o'qidi'ning rasmi

Samarqandda qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etgan 10 kishiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, spirtli ichimlik iste’mol qilib, avtomobil boshqargan 6 nafar shaxsning har biriga nisbatan 15 sutkadan qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, 3 nafar YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan fuqaroga BHMning 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, yo‘l bezoriligini sodir etib, mashinada drift qilgan 1 nafar haydovchi 1 yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilib, BHMning 25 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

    Boshqa yangiliklar