AsosiyJamiyat

Boysun tog'laridan 9 ming yillik arxeologik qazilmalar topildi

Mutaxassislar ta'kidlashicha, Boysun tog'larida topilgan bu kashfiyot nafaqat O'zbekiston tarixini o'rganishda, balki insoniyatning ilk agrar madaniyati qanday shakllanganini anglashda ham ulkan ilmiy ahamiyatga ega. Bu topilmalar jahon arxeologiyasida muhim manba sifatida baholanmoqda.

'Boysun tog'laridan 9 ming yillik arxeologik qazilmalar topildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatida joylashgan Boysun tog‘lari yana bir muhim arxeologik kashfiyot bilan ilm-fan dunyosi diqqat markaziga aylandi. Tuda g‘orida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar davomida qadim zamonlarga oid mehnat qurollari hamda yovvoyi donli o‘simliklar qoldiqlari topildi. Madaniy meros agentligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, topilmalar qariyb 9 ming 200 yil avvalgi davrga oid.

Tadqiqot ishlari Xitoy Fanlar akademiyasi Qazilmalar va paleoantropologiya instituti professori Xinying Zhou rahbarligida, shuningdek, Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti olimlari ishtirokida amalga oshirilgan.

Qazishmalar jarayonida aniqlangan topilmalar orasida qadimgi tosh o‘roqlar, yovvoyi don urug‘lari va ularni qayta ishlashda foydalanilgan mehnat qurollari ham bor. Mutaxassislarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, bu artefaktlar mintaqadagi ilk aholi nafaqat ovchilik va terimchilik bilan, balki dehqonchilikning dastlabki ko‘rinishlari bilan ham shug‘ullanganini ko‘rsatadi.

Germaniyadagi Geoantropologiya instituti olimlaridan biri Robert Spenglernig ta’kidlashicha, ushbu kashfiyot dehqonchilik dunyoda yagona hududda emas, balki turli mintaqalarda, jumladan Yevroosiyoda ham mustaqil ravishda shakllanganini tasdiqlaydi. Topilmalar orasida tosh pichoqlar, o‘roqlar va yovvoyi arpaga ishlov berish uchun mo‘ljallangan boshqa asboblar ham uchradi. Ularning yuzasida g‘alla poyalarini o‘rish va qayta ishlashga oid aniq izlar saqlanib qolgan.

Arxeologlar ma’lum qilishicha, xuddi shunday qurollar Levant hududida hamda Qirg‘izistondagi Obishir-5 manzilgohida ham topilgan. Bu esa ilk agrar an’analar turli hududlarda o‘z-o‘zidan vujudga kelganini ko‘rsatadi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, Boysun tog‘larida topilgan bu kashfiyot nafaqat O‘zbekiston tarixini o‘rganishda, balki insoniyatning ilk agrar madaniyati qanday shakllanganini anglashda ham ulkan ilmiy ahamiyatga ega. Bu topilmalar jahon arxeologiyasida muhim manba sifatida baholanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident amaliy tashrif bilan AQShga joʻnab ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:21

    Prezident amaliy tashrif bilan AQShga joʻnab ketdi

    Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkga jo‘nab ketdi.

    'Andijonda 10 sotix yerni 32 ming dollarga noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan "uddaburon" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:26

    Andijonda 10 sotix yerni 32 ming dollarga noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan "uddaburon" qo‘lga tushdi

    Firibgar bu ishni kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali amalga oshirishini aytgan.

    'Бухорода ўзбошимчалик билан қурилган айвон бузиб ташланди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:16

    Бухорода ўзбошимчалик билан қурилган айвон бузиб ташланди

    Бу ҳақда МИБ ахборот хизмати хабар берди.

    'Samarqandda avtomashinada qoidabuzarlik sodir etgan 10 kishiga sud hukm o'qidi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:20

    Samarqandda avtomashinada qoidabuzarlik sodir etgan 10 kishiga sud hukm o'qidi

    6 nafari qamaldi. Mashinada drift qilgan 1 nafar haydovchi 1 yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi.

    '7 kg oltinni chegaradan noqonuniy o‘tkazib bermoqchi bo‘lgan bojxona xodimi qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:13

    7 kg oltinni chegaradan noqonuniy o‘tkazib bermoqchi bo‘lgan bojxona xodimi qo‘lga tushdi

    Bojxonachi bu "yordam" uchun fuqarodan 5 000 dollar olgan vaqtida ushlangan.

    'Машинада қолиб кетиб, вафот этган қизолақ воқеаси бўйича суд ҳукм чиқарди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:07

    Машинада қолиб кетиб, вафот этган қизолақ воқеаси бўйича суд ҳукм чиқарди

    Avvalroq, Qashqadaryoda bog‘cha mudirasining mashinasida yarim kun qolib ketgan qizaloqning jasadi mashinaning orqa o‘rindiqdan topilgani haqida xabar bergan edik. Sud hukmiga ko‘ra, bog‘cha mudirasi 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi.