AsosiyJamiyat

Toshkentda 48 yoshli erkak 13 yoshli qizlarga shilqimlik qildi

Bolalar ombudsmaniga ko'ra, erkakka nisbatan jinoyat ishi ko'zgatilgan.

'Toshkentda 48 yoshli erkak 13 yoshli qizlarga shilqimlik qildi'ning rasmi

Toshkentda yosh qizlarga shahvoniylik qilgan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 may kuni Uchtepa tumani hududida joylashgan bolalar maydonchasida 1977 yilda tug‘ilgan erkak 2012 yilda tug‘ilgan qiz O.Y. va uning do‘gonasi L.A. ga nisbatan shahvoniylik, ya’ni voyaga yetmagan qizlarga uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan.

Erkak ushbu qilmishi uchun javobgarlikka tortilgan, biroq qizlardan birining onasi ombudsmanga usbu holatga bola manfati nuqtayi nazaridan yondashilmaganligini bayon qilgan. Tergov va sudning tegishli hujjatlari o‘rganilganda, murojaat asosli ekani ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng mazkur ishni to‘la va xolisona tekshirish uchun Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya sudlov hay’atiga iltimosnoma kiritilib, 16 yoshdan kichik bolalarga nisbatan shahvoniylik harakatlarida jinoyat alomatlari borligi tufayli mazkur sud qarorini bekor qilgan holda jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun tegishli tuman prokuraturasiga yuborilishi so‘ralgan.

Joriy yilning 17 sentabr kuni Toshkent shahar sudida apellyatsiya tartibida ish ko‘rib chiqildi va ishni qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruvga qaytarish va prokuratura tomonidan ayblanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal etish to‘g‘risida sud qarori chiqarildi.

    Boshqa yangiliklar