AsosiyJamiyat

Bugun harorat 34 daraja issiq bo'ladi

21 sentyabr kungi ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi.

'Bugun harorat 34 daraja issiq bo'ladi'ning rasmi

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida,  Navoiy viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 29-34° bo‘ladi. 

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 32-34° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar