Kecha, 19 sentabr kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida viloyat IIB YHHXB xabar bermoqda.
Holat soat 22:00 lar atrofida Sholikor - Sirdaryo yo‘nalishida yuz bergan. 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan D.A. otasiga tegishli bo‘lgan Lecetti rusumli avtomashinani beruxsat boshqarib ketayotib, yuqori tezlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi zovurga tushib ketgan.
YTH oqibatida avtomashina salonida bo‘lgan ikki nafar voyaga yetmagan yo‘lovchilar voqea joyida vafot etgan, haydovchi esa tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3 qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






