AsosiyJAMIYAT

Minglab odam qidirgan 8 yoshli bolaning jasadi daryodan topildi

Fojiya 15 iyun kuni Yandare qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.

'Minglab odam qidirgan 8 yoshli bolaning jasadi daryodan topildi'ning rasmi

Rossiyaning Ingushetiya Respublikasida Sunja daryosi oqimi olib ketgan sakkiz yoshli bolani qidirish ishlariga minglab ko‘ngillilar va qutqaruvchilar jalb qilindi. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, qidiruv hududi qariyb 30 kilometrgacha kengaytirilgan.

Fojia 15 iyun kuni Yandare qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Daryo bo‘yida dam olayotgan bolalardan biri suvga cho‘ka boshlaganida, sakkiz yoshli Xizir do‘stini qutqarish uchun o‘zini suvga tashlagan. U do‘stini qutqarib qolgan, ammo o‘zi kuchli oqim iskanjasida qolib, suv ostida g‘oyib bo‘lgan.

Ingushetiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qidiruv ishlariga jami 6 ming kishi jalb qilingan bo‘lib, ularning 4,5 ming nafari ko‘ngillilardan iborat.

Qayd etilishicha, ko‘ngillilar Checheniston, Dog‘iston, Shimoliy Osetiya, Kabarda-Balqariya hamda Kavkazning boshqa hududlaridan kelgan. Ular daryo qirg‘oqlarini ko‘zdan kechirish, suv osti qidiruvlarida ishtirok etish va qutqaruvchilarga ko‘maklashishmoqda.

Hozirda daryo bir nechta sektorlarga bo‘linib, har bir hudud alohida tekshirilmoqda. Qidiruv samaradorligini oshirish maqsadida Sunja daryosining ayrim qismlari vaqtincha to‘silgan. G‘avvoslar esa suv tubining har bir metr qismini qo‘lda paypaslab tekshirmoqda.

Hozircha bolaning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar