Rossiya hukumatining harbiy ro‘yxatga turishdan bo‘yin tovlashgan shaxslarni fuqarolikdan mahrum etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.
Bu taklif “Yagona Rossiya” partiyasi deputatlari – Andrey Kartapolov, Andrey Krasov, Ernest Valeyev va Vasiliy Piskarev tomonidan ishlab chiqilgan.
Mazkur hujjat harbiy majburiyatlardan qochgan, xususan, ro‘yxatga olishdan bo‘yin tovlashgan fuqarolarning Rossiya pasportini bekor qilish imkonini yaratadi. Qonun loyihasi hali parlament tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
Tahlilchilar bunday choralar Rossiyada harbiy safarbarlik siyosatini kuchaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.






