AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi

Mazkur hodisa ortidan piyodaga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

'Toshkentda avtobus piyodani urib yubordi'ning rasmi

Poytaxtning Yangihayot tumanida "avariya" yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YXHB axborot xizmati ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 sentabr kuni soat 07:00 larda Yangihayot tumani Choshtepa 2-darajali yo‘li ko‘chasida, YUTONG rusumli avtobus haydovchisi, 2007 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborganligi natijasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida, piyodaga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YXHB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar