AsosiyJamiyat

Super kontrakt miqdori OTM rektorlari tomonidan belgilanadi

4,05 balldan ortiq bal yetmagan abiturientlar uchun tabaqalashgan to'lov-kontrakt bazaviy to'lov-kontraktning 3 barobaridan kam bo'lmagan miqdorda bo'ladi.

'Super kontrakt miqdori OTM rektorlari tomonidan belgilanadi'ning rasmi

Joriy yil tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori OTM rektorlari (direktorlari) tomonidan belgilanadi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar qildi.

Unga ko‘ra, Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan lekin talabalikka tavsiya etilmagan abiturientlarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini rektor (direktor) tomonidan mustaqil belgilash quyidagi tartibda amaliyotga joriy etiladi.

Qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abiturientlar uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 13 sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan belgilanadi.

Qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abiturientlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari oliy ta’lim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy to‘lov-kontraktning 3,0 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Barcha oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan 2025 yil 25 sentyabrgacha 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllari kesimida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

2025/2026-o‘quv yili qabulida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abiturientlarga bir yillik o‘qitish qiyomatining 50 foizini 2025 yilning 31 oktabrgacha (shu kuni ham) to‘lashga ruxsat beriladi.

    Boshqa yangiliklar