AsosiyDunyo

AQSh prezidenti vertolyotiga lazer nuri yoʻnaltirildi

O'sha paytda Trump vertolyotda bo'lgan-bo'lmagani ma'lum emas.

'AQSh prezidenti vertolyotiga lazer nuri yoʻnaltirildi'ning rasmi

20 sentyabr kuni Jeykob Semyuel Uinkler ismli shaxs Oq uy yaqinida uchayotgan Marine One vertolyotiga tomom lazer nurini yo‘naltirgan. Bu vertolyot Qo‘shma Shtatlar prezidenti uchun xizmat qiladi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi. Hujjatlarga ko‘ra, Uinkler AQSh Maxfiy xizmati xodimlari tomonidan darhol qo‘lga olingan. So‘roq chog‘ida u qilmishini tan olgan, ammo bunday harakat taqiqlanganini bilmaganini aytgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, unga besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va 250 ming dollargacha jarima jazosi tayinlanishi mumkin. AQSh qonunchiligida bunday harakat federal darajadagi og‘ir jinoyat hisoblanadi. Hozircha voqea Marine One uchuvchisiga qanday ta’sir qilgani va o‘sha vaqtda Donald Tramp vertolyotda bo‘lgan-bo‘lmagan ma’lum emas.

    Boshqa yangiliklar