Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan Mergancha mahallasidagi savdo do‘konlaridan birida mojaro yuz berdi.
22 sentabr kuni 32 yoshli erkak, bir kun oldval ukasi bilan janjallashib qolgan 29 yoshli do‘kon sotuvchisiga uch nafar tanishi bilan kelib, jismoniy kuch ishlatgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Voqea tafsilotlari o‘rganilmogda.






